Navoiy shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Festival davomida Milliy gvardiya, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan turli tadbirlar tashkillashtirildi. Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlarining Chavandozlik mahorati, sportning kamondan otish turi boʻyicha mashgʻulotlari hamda xizmat itlari ishtirokidagi koʻrgazmali chiqishlari barchaning eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Mazkur tadbirga Navoiy viloyati Karmana tumanida istiqomat qiluvchi “Quvnoq bolalar uyi”nomli Oilaviy bolalar uyi farzandlari ham taklif etildi. Yoshlarning boʻsh vaqtlari besamar ketmaganligi ularning yuzlaridan va kulgularidan bilinib turardi.
Festival yakunida taniqli sanʼatkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, oʻgʻil-qizlarga bayramona kayfiyat ulashildi.