Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi mir Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 582 yilligini nishonlash maqsadida poytaxtimizdagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbirda oʻgʻil-qizlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari orqali buyuk siymoning hayoti va ijodi jonli aks ettirildi.Shu bilan bir qatorda, mumtoz adabiyotining yetuk namoyondasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida suratga olingan badiiy film yosh avlodning eʼtiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida hujjatli filmdan maʼnaviy ozuqa olgan yoshlar bugungi kunni-eng unutilmas kunlaridan biri bo`lganligini alohida eʼtirof etishdi.