Navoiy viloyati Karmana tumanida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylari farzandlarining bilim saviyasini oshirish, dunyo qarashlarini kengaytirish hamda chet tillarini mukammal o‘zlashtirishlari uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda bolajonlar uchun kerakli bo‘lgan barcha kitoblar yetkazib berilmoqda.