Bolajonlar intiqlik bilan kutadigan “Prezident archasi” tadbiri Navoiy shahridagi “FARHOD” madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Tuman, shaharlardan yetib kelgan 7 ta oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 62 nafar, mahallardagi chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 128 nafar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining 33 farzandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi yil sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kichkintoylarga qor malikasi, qorbobo, qorqiz, ajdaho va kirib kelayotgan yilning muchal sohibi yo‘lbarsning chiqishlari xushnudlik bag‘ishladi. Madaniyat uyi badiiy jamoasining jozibador qo‘shiq va raqslari bolalarni ham sahnaga yetaklab chiqdi.
‼️Viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirokchilarni tabriklab, ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi. Farzandlari shod yurt doimo obod yurt bo‘ladi. Bayram shukuhi davom etadi.