Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurib, bolajonlarni bayram bilan qutlashdi. Tadbir davomida harbiylar tomonidan bolalar va ularning ota-onalariga Milliy gvardiya qo‘mondonining tabriknomasi o‘qib eshittirilib, bayram sovg‘alari topshirildi.