Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so‘m).
Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor (rag‘batlantirish) jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanishi belgilangan.