Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi shaxsiy tarkibining farzandlari va tuman yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning harbiy sohaga boʻlgan qiziqishini oshirish, shuningdek, Vatanparvarlik ruhini shakllantirishdan iborat.
Bolajonlar Milliy gvardiyaning xizmat faoliyati va xizmat avtomashinalari bilan yaqindan tanishishdi.
Bu tadbir yozgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish, shuningdek, bolalarda harbiy xizmatga hurmat va qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etildi.