Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan, Oilaviy bolalar uyida istiqomat qiluvchi ijodda, o‘qishda, sportda o‘zini namoyon etgan 150 nafar bolajonlar uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Layner” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olish maskani tashkil etildi.
Bu yerda qizlar va o‘g‘il bolalar ochiq havoda hordiq chiqarishib, intellektual bellashuvlar, sport musobaqalarida qatnashmoqda.
Dam olish davomida kimdir ot minishni, kimdir velosiped boshqarishni hamda turfa gullardan gulchambarlar yasashni o‘rgandi.
Shuni taʼkidlash joizki, lagerda yoshlar o‘zlari yoqtirgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish imkoniga ega: o‘z qo‘llari bilan ajoyib zargarlik buyumlarini yaratish, o‘qish, chizish, sheʼr yozish yoki qo‘shiq kuylash shular jumlasidandir.