Farzandim jigarbandim loyihasi mualliflari, Respublika maʼnaviyat va ma‘rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi xodimlari va Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Chirchiq shahridagi Valixanov, Ergashev, Kurganbayev, Igamuratov va Mamadaliyevlar xonadonlariga tashrif buyurildi.
Bolajonlar bilan boʻlgan qizgʻin suhbat davomida oʻgʻil-qizlar oilalarda tarbiya topayotganligidan va bundan oʻzgacha his-tuyg‘u, kechinmalarni his qilayotganligidan mamnun ekanliklarini hayajon bilan soʻzlab berishdi.
Suhbat soʻnggida tashkilotchilar tomonidan yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yashash xonadonlarida kutubxona tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida 200 dona badiiy kitoblar toʻplami taqdim etildi.