Anomal sovuq kunlarda Toshkent viloyatida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylaridagi issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti Milliy gvardiya hamda hamkor tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Shuningdek, bolajonlar bilan qishki taʼtil davomida harbiy psixologlar ishtirokida turli psixologik suhbatlar olib borilib, dars mashg‘ulotlariga ham alohida eʼtibor qaratishi lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda.