“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nukus shahrida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek, Oilaviy bolalar uyi farzandlari Amir Temur nomidagi madaniy dam olish bog‘iga ekskursiyaga taklif etildi.
Bu erda bolalar qiziqarli va turli o'yinlarda ishtirok etib, otda sayr qilish, kamondan otish va hattoki, vokal mahorat darslarida ham o`z imkoniyatlarini sinab ko`rishdi.
Shuningdek, psixologlar tomonidan o'yin shaklida treninglar o'tkazildi.
Kunning ikkinchi qismida bolajonlar Yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurib, “Sehrli dan” spektaklini maroq ila tomosha qilishdi.