Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov Yangi yil oqshomida Qorbobo va Qorqiz hamda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamroxligida Urganch tumani Yuqoribog‘ qishlog‘ida joylashgan oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi.
Rahimajon Durdiyeva rahbarlik qiladigan ushbu oilaviy bolalar uyi faoliyat boshlaganiga kelgusi yil 20 yil to‘ladi. Hozirgi kunda bu maskanda 8 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tarbiyalanmoqda.
Viloyat rahbari bolajonlarning o‘qishlari, kelgusi rejalari, orzu-umidlari bilan qiziqdi, Yangi yil bilan tabriklab, bayram sovg‘alarini topshirdi.