Buxoro viloyatida 5 ta oilaviy bolalar uylari faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda 17 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ullari hamrohligida oilaviy bolalar uylari rahbarlari va ularning tutingan farzandlari Samarqand va Toshkent bo'ylab sayohat qilishdi.
Sayohat davomida shaharning diqqatga sazovor joylari, muzeylarga tashrif buyurildi.
Shu bilan bir qatorda, turli zamonaviy binolar, yangi yil shukuhi kezayotgan shahar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.