Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul ofitserlari tomonidan viloyatda joylashgan Oilaviy uylarda tarbiyalanayotgan bolalarga yaratilgan yashash sharoitlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan ularning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘rganish davomida Oilaviy uylari rahbarlariga tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularning rivoji va ta’lim-tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.