O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 345-sonli qaroriga asosan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini amaliyotga kiritish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish» maqsadida oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning bandligini taʼminlashda Farg‘ona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida ekskursiya tashkil etildi.
Uchrashuvda monomarkaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar qisqa muddatli kasb-hunarlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi hamda 23 nafar yoshlar monomarkazning tikuvchilik, ayollar sartaroshi, erkaklar sartaroshi, kompyuter-veb dizayn, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, rus-tili, ingliz tili kusrlariga o‘qish istagini bildirdi.