2021 yil 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi ishlarga Milliy gvardiya masʼulligi belgilangan edi.
Farg‘ona viloyat bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Yangi yil bayrami munosabati bilan Valiyevlar xonadoniga tashrif buyurib oilaviy bolalar uyi xolidan xabar olindi va bolajonlarga Yangi yil sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir davomida qorbobo va qorqizning kirib kelishi bolajonlarda katta hayajon uyg‘otdi va ular bilan sheʼrlar aytishib raqsga tushdilar.