O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy- vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 13 dekabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyachilari, SOS bolalar mahallasi tarbiyachilari hamda psixolog-mutaxassislar uchun navbatdagi sayyor malaka oshirish kursi boshlandi.
Ushbu malaka oshirish kurs jarayonida aholini zaif qatlamlari bilan ishlash, tarbiyachi, psixologlarning amaliy faoliyatida zarur bo‘lgan bilim ko‘nikma malakalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar seminar-trening tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.