Milliy Gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig’i polkovnik A.Umarov boshchiligida Oilaviy bolalar uylari holidan xabar olindi. Rahimovlar oilasi xonadoniga tashrif chog‘ida bolajonlarning o‘qishi, qiziqishlari va yashash sharoitlari o‘rganildi. qizlar tomonidan qo‘l mehnati asosida yasalgan buyumlar mehmonlarning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Shabbona yoshligidan qadimiy taqinchoqlar yasashga qiziqadi. Ilk yasagan taqinchoqlari hanuzgacha oʻz holatini yoʻqotmay, xonasini bezab turibdi. Shabbonaning maqsadlari yuksak. Kelajakda u bu hunarni mohir ustalar kabi oʻzlashtirib, oʻzi ham shogirdlar yetishtirib chiqarish niyatida.
Biz Shabbonaga ijodiy parvoz va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz