Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Posboniman muqaddas yurtning” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari faol ishtirok etib, Vatanga muhabbat, tinchlik, mardlik va fidoyilik mavzularidagi ijodiy ishlarini namoyish etdilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlarda yurtimiz tinchligi, Milliy gvardiya xizmatchilarining sharafli faoliyati hamda kelajakka bo‘lgan ishonch yorqin aks etdi.
Tanlov yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar boshqarma rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va rag‘batlantirildi. Ushbu tadbir bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda Vatanga sadoqat va faxr tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.