O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan taʼlim va tarbiya sohasidagi yuksak xizmatlari uchun – Madrahimova Dildora Mirzaakbarovna Prezident Farmoni bilan "Sog‘lom Turmush" medali bilan taqdirlandi.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Dildora Mirzaakbarovna oilaviy bolalar uyi tashkil etib, Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli “Mehribonlik” uyining yetti nafar tarbiyalanuvchisini o‘z qaramog‘iga olgan. (hozir bu muassasa yopiq, barcha bolalar vasiy va homiy oilalarda, oilaviy bolalar uylarda tarbiyalanmoqda).
D. Madraximova butun hayotini bolalarga, o‘qituvchilik faoliyatiga bag‘ishlagan. Ko‘p yillardan buyon Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Dildora Mirzaakbarovnani yuksak davlat mukofoti bilan chin yurakdan tabriklaymiz va Vatanimizga sodiq yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi ezgu ishlarida yana-da muvaffaqiyatlar tilaymiz!