Xalq taʼlimi vazirligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish, bolajonlarimizga quvonch ulashish uchun har tomonlama hozirlik ko‘rilmoqda.
Bayram arafasida Prezident sovg‘alari ortilgan karvon viloyatlar bo‘ylab yo‘lga otlandi.
Sirdaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi 3-15 yoshgacha bo‘lgan chin yetim bolalar, Bolalar shaharchasi, Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, IIB va Mudofaa xodimlari farzandlariga topshirish uchun jami 234 dona sovg‘alar jamlanmasini viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining masʼullari va tegishli tashkilotlar ishtirokida qabul qilib olindi.