Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Prezident Mehribonlik uyidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

28.7.2021 2303

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Toshkent shahridagi  21-Mehribonlik uyini borib ko‘rdi.

Bu muassasada 122 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. Ularning 47 nafari yetim, 75 nafari ijtimoiy yetim bolalardir. Taʼlim maskanida malakali o‘qituvchilar, psixolog, logoped, defektologlar faoliyat yuritmoqda. Robototexnika, mental arifmetika, sartaroshlik, pazandalik, tikuvchilik to‘garaklari tashkil etilgan. Sport mashg‘ulotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash bilan birga  respublika va xalqaro musobaqalarda sovrindor ham bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi.

- Bugun kelishimizdan maqsad sizlar bilan ko‘rishib, sizlarning timsolingizda barcha tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlarni bundan-da yaxshilash, iloji boricha, oiladagidek muhit, tarbiya tashkil qilish. Hamma bilan teng bo‘lib taʼlim-tarbiya olishingiz, oliygohlarda o‘qib, kasb egallashingiz, uy va ish bilan taʼminlanib, hayotda munosib o‘rin topishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz. Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon eʼtiborsiz qoldirmaydi, - dedi Prezident.

Mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi. Lekin bolalar bilan yakka tartibda ishlash, ularni kasbga yo‘naltirish talab darajasida emas. Tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayoti, oliy maʼlumot olishi va bandligiga ko‘maklashuvchi masʼul idora yo‘q.

Shu bois davlatimiz rahbari barcha Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼulligiga o‘tkazish taklifini bildirdi.

– Bu muassasalarning moddiy homiysi bor, maʼnaviy homiy kerak. Bu ham savob, ham kerakli ish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizda 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi bor. Ularda 1 ming 823 nafar o‘g‘il-qiz yashab, o‘qimoqda. 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming 363 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu muassasalar, sinov tariqasida, Milliy gvardiya masʼulligiga o‘tkazilishi belgilandi. Bolalarga ixtisoslashgan taʼlim berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha metodika yaratish vazifasi qo‘yildi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, sanʼat va sport tashkilotlari bilan bog‘lab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.