Bugun Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrida Sirdaryolik o‘g‘il-qizlar uchun "Prezident archasi" bayram tadbiri tashkil etildi.Mazkur tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Azimjonovich, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.
Joriy yilda viloyatdan jami 67 nafar "Oilaviy bolalar uylari" tarbiyalanuvchilari, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon boʻlgan o‘g‘il-qizlarga Davlatimiz rahbarining alohida eʼtiborlari va g‘amxo‘rliklari sifatida Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.