Sovg‘alar Urganch xalqaro aeroportida masʼul mutasaddilar va hamkor tashkilot vakillari hamrohligida kutib olindi.
366 ta sovg‘a ertaga viloyat musiqa va drama teatri binosida bo‘lib o‘tadigan “Prezident archasi” tadbirida oilaviy bolalar uylari, “СОС bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, Vatanimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash uchun xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining farzandlari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga ulashiladi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: