Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan viloyat hududida joylashgan Oilaviy uylar farzandlari holidan xabar olindi. Farzandlarning taʼlim jarayoni, tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda oilada yaratilgan sharoitlar yaqindan oʻrganib chiqildi hamda psixoprofilaktik suhbatlar oʻtkazildi.