Buxoro viloyatidagi oilaviy bolalar uylarining taʼlim va sportda yaxshi natijalarga erishgan 14 nafar o‘g‘il-qizlari uchun rag‘bat sifatida ajoyib sovg‘a: “Quyosh nuri” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘llanmalar berildi. Bolalarni oromgohga yo‘llanma orqali rag‘batlantirish tashabbusi Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashiga tegishli.
Bolalar yozgi oromgohda dam olishni yaxshi ko‘radilar, chunki bu yerda yangi do‘stlar orttirish mumkin, undan tashqari yozgi taʼtil kunlari qiziqarli o‘tadi.