Yangi 2023 yil bayrami shodiyonalari arafasida Buxoro viloyatidagi Behbutov, Ochilov, O‘rinov, Abdullaev va Sattarovlar xonadoni farzandlariga Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining yangi yil uchun atalgan sovg‘alari topshirildi.
Tadbirning eng yodda qolarli jihati, bolajonlar bir necha kun ilgari Qorboboga sovg‘a so‘rab xat yozishgandi. Bugun esa ko‘zlarida quvonch bilan sovg‘alarni qabul qilib olishib, bir-biridan ajoyib she'rlar va kuylar ijro etib berishdi.
- Dugonalarim Qorboboga xat yozib, sovg‘a olganida rosa havasim kelgan edi, - deydi Durdona Amanova - Bu e'tibordan rosa xursand bo‘ldim. 2023-yil barcha tengdoshlarimning oilasiga quvonch olib kelsin, hamma besh bahoga o‘qisin.