Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab havo haroratining iliq bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari fuqarolarni yong‘in va is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini davom ettirishmoqda. Kuni kecha Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari “Mehribonlik” uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari qo‘nim topgan oilalarda bo‘lishdi. Gvardiyachilar gaz taʼminoti tashkilotlari va issiqlik tarmoqlari xodimlari bilan birgalikda isitish tizimlari, maishiy elektr va gaz jihozlarining holatini tekshirdilar. Bolalar va kattalarga nima uchun nosoz uskunalar va elektr simlaridan foydalanish mumkin emasligi, qishda yong‘inlarning sabablari hamda is gazining xavfi haqida maʼlumot berishdi.