Qo‘qon shahridagi oilaviy bolalar uyi farzandlari ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, ular nafaqat xalq amaliy sanʼati namunalari bilan tanishdi, balki o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
21-23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan festivalda ishtirok etish uchun Qo‘qon shahrida dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 250 dan ortiq mohir hunarmandlar jam bo‘ldi va ularning ijod namunalari bilan tanishish maqsadida yana minglab odamlar tashrif buyurishdi. Olimjon Rajabov va Nilufar Ro‘zmatovalarning olti nafar o‘g‘il farzandlari ko‘plab sanʼat ixlosmandlari eʼtiboriga qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlarini taqdim etdi. Albatta, bu ishda ularga ota-onalari, o‘zlari qatnashgan to‘garak rahbarlari yordam berishdi. Ularning ishlari yuzasidan bildirilgan qizg‘in sharhlar bo‘lajak zargarlar uchun eng yaxshi mukofot bo‘ldi.