Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi Orziyevlar oilasi farzandlari uchun oʻzi haqida ingliz tilida soʻzlab berish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan oʻtkazilgan mashgʻulotlardan soʻng, bolalar oʻz oilasi, Vatani, doʻstlari va oʻqiyotgan maktabi haqida soʻzlab berishni oʻrganishdi. Shuningdek, bolajonlar grammatikani chuqur oʻrganishga kirishib, soʻz boyligini oshirish va chet tilida mustaqil muloqot qilish koʻnikmalarini egallamoqdalar.