“Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi / / Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiyalar instituti Singapur filialida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan maktablarda vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va harbiy xizmatchilari Toshkentdagi 22-sonli Mehribonlik uyida boʻldilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari 30-sonli Mehribonlik uyida oʻtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi // Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi

26.11.2024 466

Bugun poytaxtimizda Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni va “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Senat aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavjud muammolarni tahlil qilish, bu borada keng jamoatchilik vakillari, mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar va boshqa shu sohaga aloqador mutaxassislar fikrlarini o‘rganish, davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilash, inson huquqlarini taʼminlash yo‘lida barchani birlashtirishdan iboratdir.

Davlatimiz rahbarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli “Inson qadri uchun” tamoyili asosida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan T.Narbayeva tomonidan mamlakatimizda qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar va bugungi natijalar bu borada qilinishi zarur bo‘lgan ishlarga dastlabki qadam ekanligi, chunki hali yechilmagan muammolar borligi alohida taʼkidlandi.

Davra suhbatida ishtirokchilar gender zo‘ravonlikning ijtimoiy oqibatlari, uning oldini olishga qaratilgan milliy va xalqaro tajribalar hamda qonunchilik doirasidagi erishilgan natijalar va istiqbollarni atroflicha muhokama qildi.