Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar doirasida O‘rinovlar, Ochilovlar, Abdullayevlar hamda Mattiyevlar oilasi farzandlari hamda harbiy xizmatchi, xodimlarning oila aʼzolari uchun navbatdagi sayohat zamonaviy uslubda tashkillashtirilib, Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining tarixiy muzeyida o‘tkazildi.
Eʼtirof etish joiz, sayohat davomida bolajonlar Qo‘riqlash boshqarmasi tizimining qadimgi davlatchilik tarixi davridan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, obektlarni qo‘riqlash, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik namunasini ko‘rsatib halok bo‘lgan fidoyi xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, o‘tgan har bir davrning voqea-hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar, jangchi, soqchi, mirshab va qo‘riqlash xodimlari hamda ular foydalangan qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.