1-oktabr — Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tarbiyalanuvchilar oʻz ustozlari va tarbiyachilariga minnatdorchilik izhor etdilar.
Bayram dasturida bolalar sheʼrlar oʻqib, raqslar ijro etib, qoʻshiqlar aytishdi. Har bir chiqish oʻziga xos boʻlib, ustozlarga boʻlgan hurmat va minnatdorchilikni ifodaladi.
Tadbir soʻngida tarbiyalanuvchilar va pedagoglar birgalikda choyshashda boʻlib, oʻzaro suhbatlashdilar va kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdilar.