Samarqand tumani Pulimug‘ob mahallasida 12 nafar yoshlar va xotin-qizlarga yangi uy-joylar topshirildi.
Yangi uylarni egalarga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat boshqarmalari masʼullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Zarshed Mo‘minov Mehribonlik uyi bitiruvchisi. Bugun uning xursandchiligi cheksiz.
- Shu yil Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo‘ldim, - deydi u. - Bugun esa o‘z uyimga ega bo‘lyapman. Men kabi boquvchisini yo‘qotgan yoshlar va ayollarga uy qurib berayotgan davlatimizga rahmat aytaman.
Pulimug‘obda xayrli ish hali davom etadi. Tashabbuskor guruh vakillari hokimlik ko‘magida yangi qurilgan uylar yonidan 16 xonadonli uy qurishni ham maqsad qilgan.
Manma: Samarqand viloyati hokimligi