Xalqimizda bolali uy bozor deb bejizga aytishmagan. Bundan 8 oy avval ushbu oilaga fayz-u baraka olib kelgan bolajonlar hozirda ota-onasi bag‘rida tinch va xotirjam kamol topishmoqda. Xonadon egalari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Lutfiya opa -"bu farzandlarim 20-yillik sabrimiz mukofoti" deya taʼkidlab, o‘z xursandchiligini yashira olmadi.
Hozirda ular 4-nafar o‘g‘il va 3-nafar qizlarga ota-onalik qilib, ularning kelajakda vatanga sodiq xizmat qiladigan, vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishishlarida o‘z hissalarini qo‘shmoqda.