Farg‘ona viloyatidagi Valiyevlar oilasida bugun quvonchli kun: oila farzandlaridan birini futbol klubiga taklif qilishdi!
2021 yilda “Baxtli kelajak sari” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan Valiyevlarning o‘g‘li Shokirov Farxodjon joriy yilning avgust oyida 12 yoshga to‘ldi. Bola kichiklik chog‘idanoq futbolga qiziqqan: televideniyada olib borilgan matchlarning hech birini o‘tkazib yubormay tomosha qilgan, futbolchilarning biografiyasini qiziqib o‘rgangan hamda mahallasi va maktabida o‘tkazilgan futbol musobaqalarida qatnashgan. Ota-onasi bolaning sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlagan. Ota o‘g‘li ishtirokidagi birorta xam o‘yinni o‘tkazib yubormagan va o‘smirni futbol klubiga taklif qilinganini eshitgan ota bolasidan xam ko‘proq quvondi.
Shu kunlarda Andijonda o‘tkaziladigan futbol o‘yinlarida Farxod jamoa tarkibida ishtirok etadi va uni butun Farg‘ona aholisi qo‘llab-quvvatlaydi.