Jamiyatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning samarali tizimini joriy etish, ularni barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularni ma’nan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yurtimiz bo‘ylab ezgu tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuksak insonparvarlikning yorqin namunasi sifatida jondorlik M.Behbudova va A.Saidovlar oilasi 3 nafar bolani o‘z tarbiyasiga olib, Jondor tumanida birinchi “Oilaviy bolalar uyi”ni tashkil etgan edilar.
Buxoro viloyat prokurorining katta yordamchisi D.Zaripov, Jondor tuman hokim o‘rinbosari N.Axmatov, Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri L.Ro‘ziyevlar mazkur xonadonda bo‘lib tarbiyalanuvchilarning holidan xabar olishdi.
Albatta, mehrga muhtoj bolalarning boshini silash, unga mehr-oqibat ko‘rsatish xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlardan. Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona, degan gap ham bejiz aytilmagan.