Buxoro shahri Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Asatullaevlar oilasi bir ovozdan g‘olib deb topilgani quvonarlidir.
Ma’lumot uchun: Hikmatullo Rahmatulloyevich va Hamida Bobomurodovna taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yetti nafar oʻg’il-qizlarni oʻz oilasi bag’riga olib, mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda.
Tadbir yakunida Assatullayevlar oilasi tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.