Jajji bolajonlar karikaturalarni tomosha qilishni va ularni chizishni yaxshi ko‘radilar. Chizma bolalarda tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, qatʼiyatlilikni ham oshiradi.
“Gulbahor” sog‘lomlashtirish bolalar oromgohida shu kunlarda dam olayotgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ijodiy salohiyatlarini oshirish uchun ajoyib imkoniyatga ega: bu yerda ular uchun tasviriy sanʼat to‘garagi tashkil etilgan. Bolalar rasm chizishning boshlang‘ich saboqlarini "bezatish "kitoblari orqali o‘rganmoqda