Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

SIRDARYO VILOYATIDA ILK BOR MEHRLI QALBLAR UYI TASHKIL ETILDI.

28.8.2021 1389

Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yangi tizim joriy qilinishi va bunga Milliy gvardiya masʼul etib belgilanishida juda katta maqsad bor. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida "Oilaviy bolalar uyi" tashkil etish istagida bo‘lgan fuqarolar qabul qilinib, ularga qisqa muddatlarda barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ham ilk marotaba ana shunday mehrli qalblar uyi tashkil etildi. Guliston shahar, Bahor MFYda istiqomat qiluvchi Boltayevlar oilasi Guliston shahridagi "Bolalar shaharchasi"ga tegishli tartibda, 5 tagacha bola olishga sharoiti borligini bildirdi. Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bu mavzuni ochiq qo‘ymasdan oilaning sharoitini borib o‘rgandi. Shart-sharoitlari bilan tanishish davomida oila barcha talablarga javob berishi aniqlangach hokimlik qarori asosida Boltayevlar oilasiga bir nafar qiz hamda to‘rt nafar o‘g‘il biriktirildi. Eslatish joizki, qonunchilikka ko‘ra “Oilaviy bolalar uyi“ga berilgan bolalarni yashash davrida, voyaga yetgunga qadar asrab olgan ota-onalarga davlat tomonidan muntazam yordamlar ko‘rsatiladi. Mazkur "Oilaviy bolalar uyi"ni ochilishida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dehqonovich ham ishtirok etib mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Chindan ham, bola oila muhitida erkin o‘sib, ota- ona mehri va tarbiyasini ko‘rib ulg‘ayishi nechog‘lik katta ahamiyatga egaligi bilan bir qatorda ularni tarbiyalash ulkan masʼuliyat talab etishi hech kimga sir emas. Boltayevlar xonadoni esa bugunda 5 nafar chin yetim bolani asrab olib insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatdi.