Xiva shahrida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun chinakam sport festivali tashkil etildi.Tadbir davomida bolajonlar shaxmat va stol tennisi bo‘yicha bellashishdi. Tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solib, gʻalaba uchun kurashdi.
Sport bayrami nihoyasiga yetgach, 16 nafar yigit – musobaqa ishtirokchilari bir ovozdan harbiylardan bu kabi tadbirlarni tez-tez tashkillashtirishlarini so‘radi.