Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Chilonzor tumanida joylashgan 36-sonli oilaviy poliklinika tor mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik davomida jami 112 nafar tarbiyalanuvchilar Lor, Xirurg, Okulist, Endokrinolog va umumiy qon tahlillari bo‘yicha oliy toifali shifokor va mutaxassislar tomonidan tekshirilib, har bir tarbiyalanuvchining murojaatiga alohida eʼtibor qaratildi va ularga zarur ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar berildi.