Har yili yurtimiz bo‘ylab yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish bahorda yuksak insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan eng shohona taom sifatida sumalak tayyorlanishi anʼanaga aylangan.
Shu maʼnoda, O‘rinovlar xonadonida ham katta doshqozonda sumalak tayyorlandi.
Mazkur bayram xalqimizga xos milliy va bahoriy taom sanalgan sumalak atrofida ushbu oilaning barcha aʼzolari hamda bolajonlar ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, ayniqsa buvijonlarning sumalakning yaratilishi to‘g‘risida rivoyatlar bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Sattorovlar xonadoni farzandlari ham sumalak atrofida niyat qildilar.
Eʼtirof etish joizki, urf odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lgan bu kun yosh avlodga mehr-oqibat, muruvvat hamda qadr-qimmat kabi yuksak tuyg‘ularni anglab yetishiga keng zamin yaratdi.