Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasida tashkil etilgan sumalak sayliga Oilaviy bolalar uyi farzandlari va ota-onalari ham taklif etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan Milliy gvardiya qo‘mondonining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi va bolajonlarga esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.
Yoshi ulug’lar bolajonlarga Navro‘z an’analari, urf-odatlari haqida so‘zlab berdilar va ular birgalikda bayram dasturxoni uchun milliy taomlar tayyorladilar.
Tadbir davomida oʻg’il-qizlar va harbiylar bahor haqida she'rlar aytishdi, qo'shiqlar kuylab, raqsga tushishdi.