“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Surxondaryoda ‘Mehr daftari‘ga kiritilgan 60 nafar yigit-qizlarga tikuv mashinasi hamda noutbuklar topshirildi

28.9.2022 1642

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Qarori bilan 2021 yildan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tugatilib, Oilaviy bolalar uylari tashkil etilgandi. Surxondaryo viloyatida ham 7 ta Oilaviy bolalar uylari tashkil etilib, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar oilalar bag‘riga olindi.

Shuningdek, mazkur hujjat bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash ularning muammolariga yechim topish maqsadida ‘Mehr daftari‘ ham tashkil etildi.

Ayni paytda viloyatimizda 249 nafar o‘g‘il-qizlar ‘Mehr daftari‘ga kiritilgan bo‘lib, ulardan 4 nafariga sog‘lig‘ini tiklash uchun ushbu jamg‘armadan moddiy yordam pullari ajratib berildi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida viloyatimizdagi 60 nafar “Mehr daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarga ham ularning xohish va istaklari inobatga olinib, jamg‘armaning 270 million so‘m pul mablag‘i evaziga 30 dona noutbuk va 30 dona tikuv mashinasi topshirildi.

Bolalarning bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun taqdim etilgan mazkur jihozlar viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimi va Bolalar masalalari bo‘yicha viloyat, shahar va tuman mudirlari ishtirokida topshirildi.