Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Mehribonlik hamda Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan belgilab olingan rejalar ijrosini taʼminlash maqsadida kuni kecha Buxoro viloyatidagi "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari Buxoro viloyatining shahar va tumanlaridagi Stomatologiya shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirda 50 ga yaqin bolajonlar shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, dastlabki tekshiruvlardan keyin aniqlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi.
Tadbir so‘ngida, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan muolajaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va shifokor ko‘rigida bo‘lish zaruriyatiga qarab bolajonlarning davolanish muddati o‘zaro kelishib olindi.