Ayni kunda Respublikamizda yosh avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini yana-da oshirish maqsadida bir qator maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart -sharoitlar, qurol-aslaha hamda texnikalar bilan yaqindan tanishib, mutaxassis harbiy xizmatchilarlar tomonidan batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, ochiq turdagi balandlikni ishg‘ol etish mashg‘ulotlarida mutaxassislar tomonidan yoshlarga tushunchalar berilibgina qolmay, ushbu mashqlar amaliy chiqishlar orqali ko‘rsatilib berildi.
Kun davomida tashabbus ko‘rsatgan yoshlar quroldan o‘q uzish, Qorabayir zotli otlarda sayr qilish imkoniyatlarini qo‘lga kiritishdi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi usullari yoshlarning sohaga nisbatan qiziqishlarini yana-da oshirdi.
Shundan so‘ng bolajonlar bayramona tushlikka taklif etildi.
Bu kabi maqsadli tadbirlar davomiyligi yoshlarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish, shuningdek ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, milliy armiyamizga hurmat tuyg‘usini shakllanishiga xizmat qilmoqda.