O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanvarvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Yangi zamon bolalari” nomli Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurildi.
Ushbu Oilaviy bolalar uyi 2021 yilning 5 oktyabr kuni tashkil etilgan bo‘lib, oilada 9 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olmoqda.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarning Oilaviy bolalar uyidagi yashash sharoitlari, uy-ro‘zg‘or ishlariga o‘zaro yordam berishi, oiladagi shaxslararo munosabatlari, maktabda fanlarni o‘zlashtirishi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.