Yangiyo‘l tumanidagi “Muqaddam ona” va Chirchiq shahridagi “Mehr goʻshasi” nomli Oilaviy uylarning 16 nafar farzandlarining dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish shuningdek, bolalarning madaniy dam olishini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Parkent tumanida joylashgan so‘lim Krasnogorsk maskaniga sayohat uyushtirildi.