Ta`til kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlariga sayohat qilish uchun qulay vaqtdir. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Narchaevlar oilasi Samarqand bo`ylab sayohat qilishga qaror qildi.
Safar oldidan kechki ovqat ustida rejalar tuzildi.
Bolalar shaharlar, taniqli insonlar hamda diqqatga sazovor joylar haqida maʼlumot to`pladilar va kechqurun bir-birlariga so`zlab berishdi.
Samarqandga tashrif buyurganda me’moriy va tarixiy obidalar bilan tanishish bolalar uchun juda qiziqarli bo‘ldi.
Xo`ja Doniyor maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, shuningdek, Hazrati Xizr masjidini ziyorat qilgan o`g`il-qizlarning tarixiy rivoyatlari gidlarning ham e`tirofiga sazovor bo`ldi.